20 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29 °C

Dolzarb
10 Iyun  2019 736

Qozog‘iston Respublikasi Prezidentlik saylovlari... Kim g‘olib?

Saylov uchastkalaridan olingan natijalarga ko‘ra, Qozog‘istonning amaldagi prezidenti va prezidentlikka nomzod Qasim-Jomart Toqayev davlat rahbarligi uchun navbatdan tashqari saylovlarda 70% ovoz natija bilan g‘alaba qozondi.

«Saylov kampaniyasining madaniyatli va tinch-xotirjam o‘tganidan xursandman. Aslida bu saylovoldi dasturlarining raqobati edi. Bu Qozog‘istonda siyosiy madaniyat darajasining jiddiy o‘sganidan dalolat. Bizni oldinda ulkan ishlar kutmoqda», deydi saylovchilar o‘rtasida kimga ovoz bergani borasidagi  o‘tkazilgan so‘rovnoma (ekzitpol)lar natijalari bilan tanishgan Toqayev.

Qozog‘iston prezidenti lavozimiga yetti nomzod ko‘rsatilgan va mustaqillik yillaridan beri ilk marta unda nomzod sifatida birinchi prezident Nursulton Nazarboyev ishtirok etmayapti. Shu bilan birga Nazarboyev saylov natijalariga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatdi, Toqayevni o‘zning vorisi sifatida ko‘rsatib, fuqarolarni ovozlari bilan uni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Shuningdek, Toqayev birinchi prezident asos solgan «Nur Otan» partiyasining qo‘llab-quvvatlashiga ham tayangan.

«Jamoatchilik fikri» instituti so‘rovnomasiga ko‘ra, muxolif nomzod Amirjon Kosanov 15,39 foiz ovoz olgan bo‘lsa, boshqa muqobil nomzod parlamentining quyi palatasi deputati «Oq jol» partiyasidan Daniya Yespayeva — 5,32% ovoz to‘plagan. Qolgan nomzodlar esa saylovchilarning to‘rt foizidan kamrog‘ini o‘z tomoniga jalb qilishga muvaffaq bo‘lishdi, deya xabar beradi RAA «Novosti».

Almatida tavallud topgan Qosim-Jomart Toqayev 66 yoshda. Xitoy va ingliz tillarini yaxshi biladi, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MDXMI)ni tamomlagan, SSSR TIVga ishga qabul qilingan, bir necha yil Singapurda sovet elchixonasida ishlagan, keyin TIV markaziy apparatida faoliyat olib borgan, Pekin chet tillar institutida stajirovkani o‘tagan va 1980-yildan SSSRning 1991-yilda parchalanib ketishiga qadar XXRda sovet elchixonasida faoliyat olib borgan.

1992-yilda Toqayev Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi va keyinchalik diplomatik idoraga rahbarlik qildi. 1999-yilning bahorida Nazarbayev uni vitse-bosh vazir, yarim yil o‘tib Qozog‘iston hukumati boshlig‘i etib tayinladi. Bu lavozimda uch yil faoliyat olib borgach, o‘z tashabbusi bilan tashqi ishlar vazirligi rahbari lavozimiga qaytdi va 2007-yil boshiga, ya’ni Senat raisi etib saylangunga qadar ushbu vazirlikda faoliyat olib borgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech