19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Voqea-hodisalar
19 Sentyabr  2019 487

Kuchli jala kutilayotgani sabab Mumbaydagi maktablar va kollejlar yopildi

Hindistonning Maraharashtra shtati vaziri Ashish Shelarning aytishicha, iqtisodiy poytaxt hisoblangan Mumbayda kuchli jala yog‘ishi kutilayotgani sababli maktab va kollejlar yopildi.

Bundan sal ilgari ham Mumbayda davomli jala quyishi oqibatida ko‘pgina maktablar va kollejlar vaqtincha yopilgani haqidagi xabarbar e'lon qilingandi. O‘shanda transport yo‘llari bekilib, transportlar qatnovida uzilishlar yuzaga kelgan.

«India Today» jurnalida keltirilishicha, Hindiston meteorologik departamenti Mumbay va Raygad okrugi uzra «favqulodda kuchli jalali bulutlar oqimi o‘tishini» prognoz qilgan. «Maxarashtraning qolgan hududiy boshqarmalari esa ob-havoga qarab, ish tutadi», deydi shtat vaziri Ashish Shelar.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida ham Hindistonning janubiy va g‘arbiy hududlarida musson yomg‘irlari kuzatilib, ko‘pgina aholi punktlarini suv bosgani, katta moddiy zarar yetkazib, qurbonlar bo‘lgani xabar qilingandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech