22 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7 °C

Sport
19 Sentyabr  2019 463

Osiyo terma jamoalari ichida kuchli o‘nlikdan O‘zbekiston joy ololmadi

Xalqaro futbol Ittifoqi FIFA 2019-yil sentyabr oyidagi reytingini e'lon qildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi bir necha pog‘onaga pastlashiga to‘g‘ri keldi.

GoSport.uz internet-nashri tarqatgan xabarga ko‘ra yangi reytingda O‘zbekiston 4 pog‘ona pastlab, 88-o‘ringa joylashdi. Kuper shogirdlari hisobida 1272 ochko mavjud. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston Osiyo terma jamoalari ichida kuchli o‘nlikni tark etdi va 12-o‘ringa tushib ketdi.

Osiyo terma jamoalari ichida Eron termasi qit'aning birinchi raqamli jamoasi nomini saqlab qolgan. Yaponiya ikkinchi, Janubiy Koreya terma jamoasi esa uchinchi bo‘lib turibdi.

Umumiy reytingning yuqori o‘nligida ham bir qator o‘zgarishlar kuzatilgan. Belgiya terma jamoasi hamon yetakchi bo‘lib turgan bo‘lsa, sentyabrdan Fransiya terma jamoasi yana ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan, Braziliya terma jamoasi esa bir pog‘ona pastlab uchinchi o‘rinda bormoqda. Shuningdek, Portugaliya Urugvayni quvib o‘tib 5-o‘ringa ko‘tarilgan. Ispaniya terma jamoasi bir yo‘la ikki pog‘ona yuqorilab 7-pog‘onada qayd qilingan. O‘z navbatida Xorvatiya va Kolumbiya terma jamoalari bir pog‘onadan pastlashiga to‘g‘ri kelgan. Kuchli o‘nlik Argentina terma jamoasi yakunlab turibdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech