27 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,2 °C

Energetika
13 Aprel  2020 844

Kunlik hajm 80 ming kub metrga yetdi

Ustyurtda tabiiy gaz va gaz kondensati qazib olinadigan quduq ish boshladi.

Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Shimoliy Berdaq» konidagi bir qancha quduqlarda kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

«O‘zneftgazquduqta’mirlash» AJ mutaxassislari tomonidan 30-sonli quduqda olib borilgan kapital ta'mirlashdan so‘ng, quduq qaytadan ishga tushirildi.

Ushbu quduqda o‘ziga xos modernizatsiya amalga oshirilishi natijasida, sanoat miqyosida kunlik 80 ming kub metr hajmdagi tabiiy gaz va 0,5 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi. 

Ma'lumot uchun: «Shimoliy Berdaq» gazkondensat koni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joylashgan bo‘lib, 2006-yilda ishga tushirilgan, deb xabar beradi «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech