31 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35 °C

Voqea-hodisalar
29 Mart  2020 490

KXDR raketalarining ta'siri Primoreda sezilmadi

Rossiya olimlarining fikricha, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi harbiy kuchlari tomonidan uchirilgan navbatdagi sinov raketalari Yapon dengizining Rossiyaga, aniqrog‘i Federatsiyaning eng sharqiy sub'ekti – Primore o‘lkasiga tutash qismida hyech qanday jiddiy seysmik holatlarni keltirib chiqarmadi. Taxminiy ma'lumotlarga ko‘ra, shu kunlarda Shimoliy Koreya 2 ta raketani sinovdan o‘tkazgan. Bu haqda Rossiyaning sunamilardan ogohlantirish xizmati «Vladivostok» markazi vakili «RIA Novosti» muxbiriga ma'lum qilgan.

 «Mintaqada jiddiy seysmik voqyealar qayd etilmadi», - dedi jumladan suhbatdosh agentlik vakiliga.

Bundan biroz avvalroq «Ryonxap» axborot agentligi Janubiy Koreya harbiylariga tegishli manbalarga tayangan holda KXDR Yapon dengizi tomonga ikki raketa yo‘naltirgani, maksimal 30 kilometr balandlikda uchirilgan jismlar 230 kilometr masofaga yetib borgani haqida xabar tarqatgandi. «Primgidromet», ya'ni Primore o‘lkasi gidrometereologiya xizmati esa o‘z navbatida Shimoliy Koreyadan ehtimoliy uchirilgan raketalar mintaqadagi radiatsiyaviy holatga hyech qanday ta'sir o‘tkazmaganini ta'kidlagan.

KXDRdan raketalar uchirilishi mamlakatda «COVID-19» tarqalganini bildiradimi?

Buni Yaponiya Mudofaa vazirligi mas'ullari o‘rganadi

Binobarin, ushbu voqyeaga kun chiqar yurt hukumatining munosabati umuman boshqacha ekani qiziq. Ma’lum bo‘lishicha, Yaponiya mudofaa vaziri Taro Kono qo‘l ostidagi tegishli xodimlarga KXDRning yaqin masofalarga mo‘ljallangan ballistik raketalar bilan bog‘liq harakatlari to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritib, voqyealar rivojini mufassal tahlil etish bo‘yicha topshiriq bergan. Shuningdek, mulozim portlovchi qurol uchirilishi bilan kechgan bu sinov Shimoliy Koreyada koronavirus infeksiyasi ro‘yxatga olingan bo‘lishi mumkinligiga aloqadormi yoki yo‘qligini ham aniqlashni buyurgan.

Vazir Taro Kono «NHK» telekanaliga bergan intervyusida, jumladan shunday degan: «Ular (ya'ni, KXDR) xalqaro jamoatchilikka anchayin jadal sur'atlarda tahdid qilishmoqda. Shimoliy Koreyada ham koronavirus aniqlangani to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘zga tashlanyapti. Bu ikki voqyea bir-biriga daxldor bo‘lishi mumkinmi? Biz ana shu ikki masala yuzasidan tarqatilayotgan xabarlarni batafsil o‘rganmoqchimiz».

Darvoqye, yaponiyalik harbiylar, «Ryonxap» axborot agentligi ma’lumotiga zid ravishda, raketalarning dastlabki va oxirgi manzili oralig‘idagi masofa 250 kilometr ekanini iddao qilishgan. Boshqacha aytganda, kun chiqar yurt OAV tarqatgan xabarlarga qaraganda, raketalar Yaponiyaning iqtisodiy manfaatlari hududiga yaqin joyga tushgan. KXDR raketa uchirgani haqidagi dastlabki xabarlar paydo bo‘lgach, Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe darhol barcha mas'ul idoralarga kerakli ma’lumotlarni taqdim etish, yuk kemalari harakati va parvozlar xavfsizligini ta'minlash, shuningdek voqyealar rivoji, vaziyat talabiga qarab zarur choralar ko‘rish yuzasidan tegishli vazifalar berdi.

Yodingizda bo‘lsa, Shimoliy Koreya bungacha shu oyning o‘zida uch bor - 2, 9 va 21-mart kunlari ham raketalar sinovini o‘tkazgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech