10 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,3 °C

Xavfsizlik
14 Avgust  2019 647

“Lasetti” “KamAZ”ga borib urilishi natijasida haydovchi va bir yo‘lovchi vafot etdi

13-avgust kuni soat 04:00 larda Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi “Xonimqo‘rg‘on” QFY hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Termiz” yo‘lida sodir bo‘lgan YTH natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

Xabarda keltirilishicha, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani “Yangiariq” MFYda yashagan 28 yoshli A.A. o‘zining “Lasetti” rusumli avtomashinasini haydab ketayotib o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan 53 yoshli I.A. boshqaruvidagi “KamAZ-5410” rusumli yuk avtomashinaning orqa qismiga urilgan.

Natijada “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi A.A. va yo‘lovchisi Farg‘ona shahrida yashagan 35 yoshli J.Yu.lar jarohat olib, voqyea joyida vafot etganlar. “Lasetti”dagi qolgan ikki nafar yo‘lovchi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech