21 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,7 °C

Agrosеktor
20 Avgust  2019 678

LBMA: agrodronlardan foydalanish hosildorlikni oshirish imkonini beradi

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi sohasiga raqamli yechimlarni joriy etish loyihasini ishga tushirmoqda, deb xabar beradi agentlik matbuot xizmati.

Agrosanoat kompleksini monitoring qilish texnologiyasi ekinlarning turli vegetativ davrlarida havodan tasvirlash yo‘li bilan dalalarning aniq chegaralari va maydonlarini, yer satxining raqamli modellarini yaratish, maydonlarni inventarizatsiya qilish, asosiy ozuqa moddalarining va mikroelementlarning dalalar maydoni bo‘yicha taqsimlanishini aniqlash imkonini beruvchi raqamli multispektral kamera o‘rnatilgan maxsus dronni ishlatishdan iborat. Joriy etilayotgan texnologiya bilan qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish hosildorlikni oshirish va mamlakatning raqamli iqtisodiyotida soha ahamiyatini oshirish imkonini beradi.

Kelajakda, mazkur yangi texnologiyalar joriy etilishi bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish samaradorligini oshirish uchun an'anaviy dehqonchilik yondashuvlaridan «aniq dehqonchilik» tizimiga o‘tilishi mumkin.

«Aniq», ya'ni raqamlashtirilgan tasvir va tahlilga ega dehqonchilik, bugungi kunda dunyoda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning trendi hisoblanadi va qishloq xo‘jaligini kompleks boshqarishning yuqori texnologik tizimini nazarda tutadi. Ushbu konsepsiya global joylashishni aniqlash texnologiyalari (GPS), jo‘g‘rofiy axborot tizimlari (GIS), hosildorlikni baholash texnologiyalari (Yield Monitor Technologies), o‘zgaruvchan me'yorlar texnologiyasi (Variable Rate Technology), yerni masofadan zondlash texnologiyasi (DZZ) va «Things Internet» (IoT) texnologiyasi yechimlarini o‘z ichiga oladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech