15 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,5 °C

Salomatlik
10 Iyun  2020 1818

Yangi dorini chet elliklar maʼqulladi

Oʻzbekiston olimlari tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi faollikka ega boʻlgan “Rutan” dori preparati Sogʻliqni saqlash vazirligiga topshirildi.

9-iyunda Innovatsion rivojlanish vazirligi koʻmagida “China–Uzbekistan Medicine Technical Park” texnoparki tomonidan ishlab chiqarilgan 19 500 dona “Rutan” dori vositasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga begʻaraz taqdim etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti tomonidan yaratilgan grippga qarshi original “Rutan” dori vositasi Xitoy olimlari tomonidan oʻtkazilgan sinovlar natijasida SARS CoV-2 tipidagi koronavirusini 78,3 foizga taʼsirini susaytirish xususiyatini namoyon etgan.

Shundan kelib chiqib, Rutan dori GMP talablariga javob beruvchi Xitoy-Oʻzbekiston tibbiy texnoparkida tayyor dori vositasi sifatida ishlab chiqildi. 11 mingta oʻram Rutan dori vositasi koronavirusga qarshi gumanitar yordam sifatida Eronga yuborilib, laboratoriya sinovlaridan ijobiy oʻtgan.

Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan Oʻzbek-Xitoy ilmiy-texnologik parkiga 20 million dollar miqdorida investitsiya kiritilgan boʻlib, 300 ta ish oʻrni tashkil etilgan. Bu markazning oʻziga xosligi shundan iboratki, unda ham sharq tabobatining asrlar davomida sinovdan oʻtgan davolash uslublari, ham gʻarb tibbiyotining ilgʻor natijalaridan foydalaniladi.

Bugungi kunga kelib texnoparkda dori preparatlarining 8 xil koʻrinishdagi (tabletkalar, kapsulalar, suyuq koʻrinishdagi va boshqa) turlarini ishlab chiqaradigan farmatsevtika zavodi faoliyat yuritib kelyapti. Zavod yuqori xalqaro standartlarga toʻliq javob beradi va GMP talablariga mosligi bilan ahamiyatga molik. GMP (Good Manufacturing Practic) – dori vositalari, tibbiyot uskunalari, diagnostika jihozlari, oziq-ovqat mahsulotlari, biologik faol qoʻshimchalarni ishlab chiqarish meʼyorlari, qoidalari va koʻrsatmalarini mujassam etgan xalqaro tizim boʻlib, maʼlum preparat yaratilganida belgilangan talablarga mos ravishda hamda mazkur preparatni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning talablari asosida preparat ishlab chiqarilishini taʼminlaydi, deb xabar beradi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech