20 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29 °C

Urbanizatsiya
13 Fevral  2019 1393

“Lolazor” mahallasidagi buzilish va qurilish bilan bog‘liq gap-so‘zlarga shahar hokimligi oydinlik kiritdi

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan Toshkent shahrining Mirobod tumani “Lolazor” mahallasida (Polkushka) joylashgan 3 qavatli uyning buzilishi va o‘rniga zamonaviy ko‘p qavatli turar-joylarning qurilishi boshlanganligi to‘g‘risidagi chiqishlarga Toshkent shahar hokimligi quyidagilarni ma’lum qildi.

Hokimlik matbuot xizmatining xabar berishicha, “Lolazor” mahallasi hududida joylashgan 3 qavatli turar-joylarni buzish va o‘rniga ko‘p qavatli turar-joylarni qurish uchun Toshkent shahri hamda Mirobod tumani hokimligi tomonidan tadbirkorlarga berish to‘g‘risida hech qanday qaror qabul qilinmagan.

Toshkent shahr hokimligi huzurida o‘tkazilayotgan “Investor kuni” tadbiri doirasida tadbirkorlar tomonidan mazkur hududning ichki qismida joylashgan 2 qavatli, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lmagan 27/3, 27/3a, 27/3b, 27/3v, 27/4-sonli uylarni buzish va o‘rniga yangi turar-joy kompleksi qurish taklifi bildirilgan.

Ko‘p qavatli turar-joylarni buzish bo‘yicha qaror qilish ushbu uylarda yashovchi aholining to‘liq roziligi olinganidan so‘nggina amalga oshiriladi va ushbu masalada fuqarolarning qonuniy huquqlari to‘liq kafolatlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech