02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,8 °C

Bilasizmi?
11 Dekabr  2019 804

Lox-Ness ko‘li hududida sayyohlik solig‘ini joriy etish rejalashtirilmoqda

Shimoliy Shotlandiya tog‘oldi yoki Xaylend sifatida ham yaxshi tanilgan Shotlandiya baland tog‘li hududlarida 2021 yildan boshlab 1 funt miqdorida sayyohlik solig‘ini joriy etish rejalashtirilmoqda, deya xabar beradi RAA «Novosti».

Ana shunday yo‘l bilan yiliga 10 million funt sterlingni jalb qilish mumkinligi ma'lum bo‘lgach, Xaylend kengashi bu fikrni qo‘llab-quvvatladi.

Ushbu mablag‘larning mintaqa infratuzilmasi va xizmatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilishi rejalashtirilmoqda. O‘tgan yili turizm qo‘mitasi yig‘ilishida ba'zi turistlarning Shotlandiya tog‘larida hojatxonalarsiz qiynalib qolishlari sababli sayohatlarini noma'lum muddatlarga qoldirishga majbur bo‘lishgani aytib o‘tildi. 

Baland tog‘li hudud o‘zining go‘zalligi bilan mashhur bo‘lib, sayyohlik esa 25 ming ish joyini ta'minlovchi eng muhim sanoat hisoblanadi. Kengash ma'lumotiga ko‘ra, 2018 yilda mazkur hududga 6,5 million mehmon tashrif buyurgan.

Bu yerda Lox-Ness ko‘li, Ben Nevis tog‘i, Mori-Fert ko‘rfazi, Buyuk Britaniyaning eng shimoliy shahri Inverness va Skay orollari kabi diqqatga sazovor maskanlar joylashgan.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech