24 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,9 °C

Madaniyat
21 Dekabr  2019 973

Madaniy meros departamenti mmoddiy madaniy merosni asrashga doir faoliyatni litsenziyalaydi

Hukumat qarori (20.12.2019 y.) bilan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob'ektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Nizomga muvofiq, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob'ektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalovchi organ etib belgilandi.

Litsenziyalash ob'ektni konservatsiyalash, restavratsiya qilish, ta'mirlash, zamonaviy foydalanishga moslashtirish hamda tiklash ishlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob'ektlarini asrashga doir faoliyat bilan belgilangan tartibda litsenziya olgan yuridik shaxslar shug‘ullanishi mumkin.

- Litsenziya quyidagi toifalar bo‘yicha beriladi:

- I toifadagi litsenziya –mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan ob'ektlarda asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun;

- II toifadagi litsenziya – respublika va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan ob'ektlar bo‘yicha asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun.

Litsenziya olish uchun da'vogar Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan murojaat qilishi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan ro‘yxatdan o‘tish zarur hisoblanadi, litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

Litsenziyalovchi organ “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi vositasida litsenziyalar reestrini shakllantiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech