21 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,3 °C

Ta'lim
14 Fevral  2020 1503

Magistratura Malayziyada o‘taladi 

Endi professor-o‘qituvchilar va talabalarning Malayziyada malaka oshirish imkoni paydo bo‘ldi. 

2020-yil 13-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligida bo‘lib o‘tgan Guliston davlat universiteti rektori proffessor Muxsin Xodjiev va Malayziyaning Binariy universiteti ijrochi raisi proffessor Jozef Adaykalam o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bu haqda kelishib olindi.

Uchrashuvda shuningdek, har ikki oliy talim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, xususan ushbu xorijiy universitet bilan hamkorlikda «Biznes boshqaruvi» va «Axborot texnologiyalari boshqaruvi (iqtisodiyot sohasida)» sohalari bo‘yicha 1+1 asosida magistratura yo‘nalishini ochish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha kelishib olindi.

Professor-o‘qituvchilar va talabalarning qisqa muddatli stajirovka va malaka oshirish kurslarida ishtirok etishlari bo‘yicha istiqboldagi rejalar ham kelishib olindi, deb xabar beradi Guliston davlat universiteti matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech