31 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,5 °C

Ijtimoiy hayot
1 Aprel  2020 628

Mahallalar ahli uchun ko‘chma yarmarkalar

Karantin davrida Toshkent shahridagi tuman hokimliklari tomonidan poytaxtimizdagi dehqon bozorlaridan uzoqda joylashgan mahallalar uchun ko‘chma yarmarkalar tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbir Mirobod tumanida 28-martdan boshlangan bo‘lib, har kuni 3 tadan mahallaga 350-400 kilogramm kartoshka, 100 kilogramm atrofida guruch, 5-6 quti pista yog‘i, 360-400 dona tuxum hamda 150-200 kilogramm piyoz mahsulotlari olib borib, sotilmoqda.

Bugun oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan mashinalar Mirobod tumanining «Movaraunnahr», «Yuksalish» va «Sariko‘l» mahallalariga yetib bordi va savdo jarayoni ketmoqda.
Mirobod tumanida jami 39 ta mahalla bo‘lib, shundan 32 tasi dehqon bozorlaridan uzoqda joylashgan. Tadbir davomida mazkur 32 ta mahallaga ro‘zg‘or uchun zarur mahsulotlar yetkazib beriladi.

Bu aholiga uyidan uzoqqa bormay, o‘zi va yaqinlarining xavfsizligini ta'minlagan holda zarur xaridni amalga oshirishini ta’minlaydi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech