29 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3 °C

Sport
4 Yanvar  2020 813

Mahmud Muradov mart oyida UFCdagi uchinchi jangini o‘tkazadi

Aralash jang san'ati (MMA) bo‘yicha o‘rta vazn toifasida oktagonga chiqib kelayotgan o‘zbekistonlik Mahmud Muradov UFCdagi uchinchi jangini Braziliyada o‘tkazadigan bo‘ldi, deb xabar tarqatdi GoSport.uz internet-nashri.

Ma'lum bo‘lishicha, Mahmud Muradov MMAning eng nufuzli turniri bo‘lgan UFCdagi uchinchi jangida braziliyalik Antonio Karlos Juniorga qarshi ringga chiqadi. Jang 14-mart kuni Braziliya poytaxti Brazilia shahridagi “Ginásio Nilson Nelson” arenasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur jang UFC on ESPN+ 28 turniri doirasida tashkil etiladigan MMA kechasida bo‘lib o‘tadi.

Aslida Antonio Karlos Bred Tavaresga qarshi ringga chiqishi lozim edi, ammo bu jang bekor qilingan va Tavares o‘rniga Mahmud Muradov Antonio Karlosga raqiblik qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Ma'lumot uchun, 29 yoshli Antonio Karlos jami 14ta jangda (UFCda 11ta jang, 4 mag‘lubiyat) oktagonga chiqib ularning 10tasida g‘alaba qozongan. Ayni vaqtda u UFC rasmiy reytingida 14-o‘rinda bormoqda. Mahmud Muradov bu orqali o‘zining uchinchi jangidayoq TOP-15likka kirgan jangchiga qarshi oktagonga ko‘tarilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech