17 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,6 °C

Mamlakatimizda
30 Yanvar  2019 2172

Maishiy texnika xarid qilganda chek so‘rashni unutmang

Qashqadaryo viloyati Qarshi shaharida yashovchi H. Imomov mazkur shaharning O‘zbekiston ko‘chasi, 291-uyda joylashgan “Samsung” savdo do‘konidan 1 dona “Shivaki” nomli 43 diagonallik rangli televizorni  2 300 000 (ikki million uch yuz ming) so‘mga xarid qilgandi.

Oradan ko‘p o‘tmay televizorning sifatsizligi aniqlandi. Ammo sotuvchi xaridorga to‘lov xarid cheki bermaganligi uchun televizorni boshqasiga almashtirib olishda muammo yuzaga kelgan.

O‘zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari fediratsiyasining ma’lum qilishicha, jamiyat mutaxassislari tomonidan aniqlangan holat bo‘yicha iste’molchi va xizmat ko‘rsatuvchi o‘rtasida yuzaga kelgan muammoni bartaraf etish maqsadida ularga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi.

Mazkur savdo do‘koni sotuvchisi tomonidan fuqaroga sotilgan nuqsonli televizor boshqasiga almashtirib berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech