23 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,4 °C

Kеyingi avlod
23 Aprel  2019 1294

May oyidan boshlab OTM lariga hujjatlarni onlayn topshirish boshlanishi mumkin

Hukumat qarori loyihasiga muvofiq, 1-maydan boshlab O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalariga hujjat topishirish jarayoni boshlanishi rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda Davlat xizmatlari agentligi.

Endi istalgan milliy OTMga hujjatlarni o‘z yashash joyingizdan uzoqlashmasdan — Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki uyingizdan chiqmasdan — my.gov.uz portali orqali yuborish imkoni yaratildi.

Quyida Sizga hujjatlarni onlayn tarzda yuborish uchun shakllarni to‘ldirishni o‘rgatuvchi grafikalarni taqdim etmoqdamiz.

1-qadam. Pasport, yashash manzili, telefon ma'lumotlarini to‘ldirish.

2-qadam. Siz tugatgan o‘quv muassasi haqida axborot kiritish (kollej, litsey yoki maktab).

3-qadam. O‘quv shaklini (kuduzgi, kechgi, sirtqi) va tilini tanlash, test topshirish grafikini belgilash.

Shu yerning o‘zida ustuvorlik tartibi bilan 3 ta istalgan oliy ta'lim muassasasini tanlab, sinovdan o‘tkaziladigan xorijiy til va imtihon topishiriladigan hududni belgilash zarur.

4-qadam. Davlat bojini to‘lash (maxsus tizimlar orqali onlayn to‘lov amalga oshirish imkoni joriy etiladi).

 Shundan so‘ng arizangiz ko‘rib chiqish uchun yuborilib, sizga bu haqida tegishli xabarnoma yo‘llanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech