02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,8 °C

Tashvishli xabar
4 Mart  2020 702

Mahkum avtomashinani olib qochdi

Toshkent tumanida «Spark» avtomashinasi o‘g‘irlangan.

2020-yilning 28-fevral kuni 24 yoshli fuqaro Toshkent viloyati Toshkent tumani Qorasaroy ko‘chasida qarovsiz qoldirilgan «Spark» avtomashinasini yo‘qolganini sezib qoladi. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan (transport vositasini olib qochish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan va hozirda manzil koloniyasida jazo o‘tayotgan 21 yoshli  mahkum sodir etganligi aniqlangan. Olib qochgan avtomashina va uni boshqarib ktayotgan shaxs Toshkent shahar hududida qo‘lga olingan. 

Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech