26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36,4 °C

OAV O‘zbеkiston haqida
20 May  2019 481

Malayziyalik jurnalistga “Oltin qalam” sertifikati topshirildi

Bugun Elchi Ravshan Usmanov Kuala-Lumpur shahrida Malayziyaning “BeRNAMA” Milliy axborot agentligi xalqaro xabarlar bo‘limi jurnalisti Nabila Binti Salehga tantanali tarzda jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” XIV Milliy mukofoti “Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” rag‘batlantiruvchi nominatsiyasining sertifikatini topshirdi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

“BeRNAMA” MAA 1967-yilda tashkil etilgan va xorijiy axborot agentliklarining xabarlarini tarqatish borasida mutlaq huquqga ega Malayziyaning yagona yetakchi axborot agentligi hisoblanadi. Agentlik o‘zining “Bernama TV” axborot telekanali va “Radio24” radiostansiyasiga ega.

Nabila Binti Saleh O‘zbekistonning Malayziyadagi Elchixonasi tomonidan ekspertlar, jamoatchilik va OAV vakillari ishtirokida tashkil etiladigan tadbirlarda, “doira stollarida” faol qatnashadi. U xalqaro forum va festivallarda ishtirok etish doirasida bir necha bor O‘zbekistonga tashrif buyurgan. O‘zining maqolalari orqali o‘quvchilarni mamlakatimizda iqtisodiyot, ta'lim, turizm va madaniyat sohalarida yuz berayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar hamda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi hukumat siyosati bo‘yicha bajarilayotgan ishlar bilan tanishtiradi. Nabila Binti Saleh O‘zbekistondagi o‘zgarishlar mavzusini ijtimoiy tarmoqlar, jumladan Instagram va Facebook orqali ham faol yoritib boradi.

Marosimdan so‘ng malayziyalik jurnalist minnatdorchilik izhor etdi, bugungi tadbir va jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” XIV Milliy mukofoti to‘g‘risidagi ma'lumot Malayziya elektron va bosma OAVda keng yoritilishini qayd etdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech