28 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,2 °C

Xavfsizlik
21 Fevral  2020 1444

«Kartani yopmoqchi ekansiz… qachon bankka kela olasiz?»

O‘g‘rilar plastik kartadan karta sohibi yordamida pul yechib olishni o‘zlashtirib olishdi. Buning uchun unga qo‘ng‘iroq qilib, kartaning bloklangani haqida xabar beradi. Esankirab qolgan karta egasi o‘ziga kelib olgunga qadar ular kerakli axborotni uning o‘z og‘zidan olishga muvaffaq bo‘lishadi. Hozir bu usul ham eskirgan.

Endi ular bank xodimi sifatida plastik karta egasi nomidan kartani yopish to‘g‘risida bankka ariza kelib tushganini ma’lum qiladi. Keyin esa mijozning bankka qachon kela olishi mumkinligi bilan qiziqadi. Shu payti suhbatni to‘xtatib, telefonni o‘chirish lozim. Ko‘pchilik bunday holatda aksincha, noto‘g‘ri axborotga aniqlik kiritishga urinadi. Bundan foydalangan shovvozlar pulni biron «xavfsiz hisob raqamiga» o‘tkazib turishni taklif qilib, suhbatdoshidan o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini ko‘rsatishini iltimos qiladi.

Bunda soxta «bank menedjeri»ni karta raqami, amal qilish muddati, karta ortidagi maxfiy kod va boshqa ma’lumotlar qiziqtiradi. Ishonchingizga kirish uchun ular sizning aniq ism-sharifingizni ham aytishi mumkin, deb ogohlantiradi Toshkent shahar IIB matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech