13 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5 °C

Mamlakatimizda
11 Noyabr  2019 536

Mamlakatimizda hafta oxirigacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda

O‘zgidrometning ma'lum qilishicha, kecha O‘zbekistonga G‘arbiy Qozoqiston hududidan sovuq havo oqimi kirdi. Mamlakatimiz shimolida harorat 7-10 daraja pasayib, 9-14 daraja iliq atrofida bo‘ldi.

Bugun antitsiklon butun respublika hududiga tarqaldi. Bu sovuq havo oqimi ta'sirida bulutli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. Harorat pasayib, 10-13 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Haftaning oxirigacha respublika hududi sovuq havo ta'siri ostida qoladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat foni kechasi 0-5 daraja iliq, 12 noyabrda ayrim joylarda 1-3 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech