30 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,6 °C

Sanoat
6 Dekabr  2019 2379

Mamlakatimizda sement zavodlar soni yana bittaga ko‘paydi

Bugun  “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi mas'ulligi, Samarqand viloyati hokimligi va “O‘zsanoatqurilishbank” hamkorligida Samarqand shahrida yangi sement zavodi foydalanishga topshirildi, deb xabar qiladi uyushma matbuot xizmati.

“Jomboy yashil chiroqlari” MChJ tomonidan amalga oshirilgan loyihaning umumiy qiymati 9 mln. 195 ming AQSh dollari bo‘lib, korxonaning ishlab chiqarish quvvati yilik 100 ming tonnani tashkil etadi.

Uskunalar zamonaviy, energiya tejamkor bo‘lib, Xitoy Xalq Respublikasidan keltirilgan. Mazkur korxonani qurish ishlari 1 yil davomida olib borildi. Endilikda Korxona ishga tushishi natijasida 100 ga yaqin samarqandlik yoshlar ish bilan ta'minlanadi.
Ayni kunda Respublikamizda jami 25 ta sement zavodlari faoliyat olib borayotgan bo‘lib, ularning yillik quvvati 13 mln. 780 ming tonnani tashkil etadi. Joriy yilning o‘zida jami 9 ta: Samarqand viloyatida 3 ta, Farg‘ona viloyatida 2 ta, Surxondaryo, Jizzax, Namangan va Koraqalpog‘iston Respublikasida 1 ta sement zavodlari foydalanishga topshirildi.
Mamlakatimizda sementga bo‘lgan talabani to‘laqonli qondirishmaqsadida uyushma tomonidan ko‘plab investitsiya loyihalari amalga oshirilyapti. Jumladan, rejaga ko‘ra 2020 yilda jami 13 ta yangi sement zavodlari foydalanishga topshiriladi. Natijada sement ishlab chiqarish quvvati yiliga 4 mln. 700 ming tonnaga ortadi.
2020-yilda amalga oshiriladigan eng yirik loyihalardan biri “Ohangaronsement” AJda amalga oshiriladi. Bu yerda yillik quvvati 3 mln. tonnani tashkil etuvchi yangi sement zavod ishga tushiriladi. Shuningdek, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yillik quvvati 1,2 mln. tonna bo‘lgan yangi korxonalar barpo etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech