22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,1 °C

Madaniyat
1 Noyabr  2019 536

“Ma'naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

“Ma'naviyat fidoyisi” ko‘krak nishonini ta'sis etish to‘g‘risida Hukumat qarori (30.10.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

 

Qarorga muvofiq, “Ma'naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayrami arafasida topshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan mukofotlash Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining qarori asosida amalga oshiriladi.

Qaror bilan “Ma'naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, ko‘krak nishoni bilan respublikada ma'naviy-ma'rifiy ishlarni amalga oshirish, yuksak ijtimoiy-ma'naviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va samarali natijalarga erishgan fuqarolar taqdirlanadi.

Davlat organlari, tashkilotlar va jamoat birlashmalari ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni har yili 1 iyunga qadar tegishlicha Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda uning hududiy bo‘limlariga taqdim etadi.

Markaz rahbarining ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi buyrug‘i har yili 25 avgustga qadar takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha tashkil etilgan komissiya xulosasi asosida chiqariladi.

Ma'lumot uchun, “Ma'naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni Prezidentning 2019 yil 3 maydagi  qarori bilan ta'sis etilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech