16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,5 °C

Sport
15 Fevral  2019 1481

Markaziy Osiyo basketbol assotsiatsiyasining shtab-kvartirasi Toshkentga ko‘chirildi

13-fevral kuni Almati shahrida Markaziy Osiyo basketbol assotsiatsiyasi (CABA)ning navbatdagi Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Yig‘ilishda Xalqaro basketbol federatsiyalar assotsiatsiyasi (FIBA)ning Osiyo mintaqasi bo‘yicha Bosh kotibi Agop Xadjiryan hamda Konfederatsiyaga a’zo mamlakat vakillari ishtirok etishdi. Mazkur yig‘ilishda o‘zbek basketboli uchun tarixiy bo‘lgan voqyeliklardan biri ro‘y berdi. Unga ko‘ra, tashkilotning shtab-kvartirasi Toshkent shahriga ko‘chirildi. Quvonarlisi, Konferensiya davomida bir yo‘la ikki nafar hamyurtimiz CABAning Markaziy Kengash tarkibiga kirdi. O‘zbekiston basketbol federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Xurshid G‘iyosov CABAda g‘aznachilik bo‘limini boshqaradigan bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekiston basketbol federatsiyasi Bosh kotibi Ravshan G‘aniyev mintaqaviy Konfederatsiyada ham Bosh kotib sifatida ish yuritadi.

Ma’lumot uchun, mazkur Konfederatsiya O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston baksetbol federatsiyalaridan tashkil topgan. Bungacha tashkilot qarorgohi Qozog‘istonning Almati shahrida joylashgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech