21 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +40,5 °C

Madaniyat
16 Aprel  2019 995

Markaziy Osiyoda ilk bor Smart-muzey Samarqand shahrida ochildi

Markaziy Osiyoda birinchi Smart-muzey Samarqanddagi Amir Temur mavzoleyida ochildi, deb xabar bermoqda Zarnews.

Hozirgi vaqtda o‘nta ko‘rgazma uchun besh xil – rus, o‘zbek, ingliz, fransuz va koreys tillarida ovozli qo‘llanma mavjud.

Smart-muzey yaratilishining birinchi tajribasi, turizmning rivojlanishi uchun uning maqsadi va ahamiyati haqida OOO «SmartChain» direktori Bobur Rahimov so‘zlab berdi. Uning so‘zlaridan shu narsa ma'lum bo‘ldiki, ko‘rgazma yoki maqbara haqida qo‘shimcha ma'lumot olish uchun mehmonlar zamonaviy interaktiv usullardan foydalanishlari mumkin.

Texnik imkoniyatlar mehmonni uzoq yillar davomida, joylar va voqyealar muhitida batamom bo‘lishida, tarixiy va madaniy an'analarni aniq ko‘rsatadigan tarixiy sahnalarni va tasvirlarni qayta tiklashga imkon beradi.

Tashrif buyuruvchilar uchun smartfondan foydalanilganda (har bir tashrifchiga quloqchin (naushnik) beriladi) asosiy eksponatlar uchun ovozli ko‘rsatmalardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi. Smartfon kamerasini ko‘rgazma ob'ektiga yo‘naltirilsa, mehmonga san'at ob'ekti haqida hikoya qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech