05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,4 °C

Xavfsizlik
25 May  2020 554

Maxfiylikdan chiqariladi

Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq va jazoni ijro etish sohasiga oid bir qator maʼlumotlar maxfiylikdan chiqariladi.

2020-yil 22-mayda Hukumatning 316-sonli “Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlgan jazoni ijro etish faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Qarorga muvofiq, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlgan jazoni ijro etish sohasidagi quyidagi maʼlumotlar maxfiylikdan chiqariladi:

- IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

- IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari soni hamda ular joylashgan joy toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

- jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyati, ular tomonidan nomenklatura boʻyicha va pul bilan ifodalanadigan ishlab chiqarilayotgan tovar mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

- IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar orasida oʻlim holatlari soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

- jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va tibbiy tusdagi majburiy choralar qoʻllaniladigan mahkumlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech