30 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,4 °C

Transport
23 Aprel  2020 369

Maxsus poezdlarda yetkaziladi

Karantin muddati tugagan yurtdoshlarimiz maxsus poezdlarda manziliga yetkazilmoqda.

Joriy yil 16-martdan boshlab respublikamizning turli hududlarida karantin muddati tugagan yurtdoshlarimizni o‘z yashash manzillariga yetkazib qo‘yish maqsadida 46 ta maxsus maxsus dezinfeksiyalangan yo‘lovchi poezdlar qatnovi tashkil qilindi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Ushbu poezdlarda shu bugungi kunga qadar jami 11 ming 512 nafar yurtdoshlarimiz o‘z manzillariga yetkazildi.

Ayni kunda ham karantin hududlarida 14 kun mobaynida shifokorlar nazoratida bo‘lib, karantin muddati tugagan yurtdoshlarimizni yashash manzillariga yetkazib qo‘yish uchun maxsus poezdlar qatnovi davom etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech