25 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,8 °C

Madaniyat
24 Dekabr  2019 669

MDH Ijroiya qo‘mitasi hujjatli filmlar turkumini yaratish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi

MDH Ijroiya qo‘mitasi MDH davlatlarining yutuq va muvaffaqiyatlari, Hamdo‘stlikning shakllanishi va rivojlanishi tarixining muhim bosqichlariga bag‘ishlangan hujjatli filmlarni yaratishda O‘zbekistonga har tomonlama yordam beradi, deb xabar qiladi “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati.

Bu haqda Toshkentda “O‘zbekkino” Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev ma'lum qildi.

– MDH Ijroiya qo‘mitasi ushbu qiziqarli loyihani amalga oshirishda O‘zbekistonga, xususan, “O‘zbekkino” ga har tomonlama yaqindan ko‘mak beradi. Biz muzokaralarga, tashkiliy masalalarda maslahatlarimiz bilan yordam berishga tayyormiz. Ushbu hamkorlik O‘zbekistonning kelgusi yilda MDHga raislik qilishida muhim ahamiyat kasb etadi , – dedi Lebedev.

U  2020-yilda qanday tadbirlar bo‘lib o‘tishi va ularda O‘zbekistondan suratga olish guruhi qay tarzda ishtirok etishini batafsil gapirib o‘tdi.  Shuningdek, Lebedev  “O‘zbekkino”  Milliy agentligiga “Mir” davlatlararo teleradiokompaniyasi bilan kinofilmlar bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni tashkil etishda ham yaqindan yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildirdi.

– Biz ushbu loyihani amalga oshirishda eng qisqa va samarali usullarni qidiramiz, – deya xulosa qildi Sergey Lebedev.

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining barcha sohalar va davlatlararo muloqotni kuchaytirish borasidagi tashabbuslari o‘zining amaliy natijalarini topishi juda muhimdir. Ishonchim komilki, biz ushbu loyihani yuqori darajada amalga oshira olamiz va kelgusi yilning asosiy vaqyealarini O‘zbekistonning MDH ga raislik yili sifatida yoritib beramiz, – dedi “O‘zbekkino” rahbari Firdavs Abduxoliqov.

Yaqin kelajakda tomonlar o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolanadi va loyihani  batafsil amalga oshirish ishlari ko‘rib chiqiladi.  Filmlar O‘zbekiston va MDH davlatlarining 2020-yildagi hamkorligi haqida hikoya qilishi va MDH ga a'zo davlatlar davlat kanallari orqali namoyish etilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari kelgusi yilning 16-oktabrida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan MDH ga a'zo davlat rahbarlari sammitida 10 daqiqali hujjatli film tayyorlash va namoyish etish belgilab qo‘yildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech