18 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,4 °C

Dolzarb
15 Mart  2019 2573

Qurolli hujumdan so‘ng Yangi Zelandiyadagi machitlar va maktablar yopildi

Yangi Zelandiya bosh vaziri bu mamlakat tarixidagi eng mudhish kunlardan biri bo‘lgani haqida bayonot berdi.

 

Xorijiy ommaviy axborot vositalarida ushbu davlatning Kraystcherch shahridagi ikkita machitga qurolli hujumdan so‘ng 40 yaqin kishining halok bo‘lgani keltiriladi.

BBC rus xizmatining xabar tarqatishicha, yana yigirmaga yaqin kishi yarador bo‘lgan. Bu mudhish jinoyatni sodir etganlikda gumon qilingan to‘rt kishi, uch erkak va bir ayol hibsga olingan. Ulardan qo‘lbola portlovchi uskunalar, o‘qotar qurollar va ularning o‘q-dorilari musodara qilingan. Ekspertlar hujum qilganlarning bu ishni juda puxta o‘ylab amalga oshirganini ta’kidlamoqda.

«Bu Yangi Zelandiya tarixidagi eng mash'um kunlardan biri bo‘lib qoldi», deya bayonot beradi mamlakat bosh vaziri Jasinda Ardern. Bosh vazir ushbu jinoyatni misli ko‘rilmagan zo‘rovonlik hujumi deya atadi.

Mahalliy politsiya komissari Maykl Bush Kraystrcherchdagi barcha maktablar yopilganini ma'lum qildi. Shaharning bosh maydonidan global isishga qarshi kurashga bag‘ishlangan mitingdan minglab bolalarni olib ketilgan.

BBC rus xizmatining keltirishicha, xavfsizlik nuqtai nazaridan Yangi Zelandiyadagi barcha machitlar yopib qo‘yilgan.

EPA surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech