31 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,6 °C

Yashil sayyora
30 Aprel  2020 495

«Mehmonga» kelgan g‘aroyib jonivor

Termizdagi uylardan biriga noyob hayvon – olakuzan kirib qoldi.

Termiz tumanidagi «Qahramon» mahallasi raisi Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga qo‘ng‘iroq qilib, hududdagi xonodonlardan biriga g‘aroyib jonivor kelib qolganini xabar beradi.

Voqyea joyiga yetib borgan viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda Termiz tumani inspeksiyasi xodimlari noyob hayvon «Qizil kitob»ga kiritilgan Olakuzan ekanini aniqladi.

Mutaxassislarning aytishicha, Olakuzan Sharqiy yevropa, Old va Markaziy Osiyo, Rossiya, Shimoli-g‘arbiy Xitoy, Mo‘g‘uliston kabi davlatlarda tarqalgan. Mamlakatimizning Qizilqum va Qarshi cho‘llarida, Ustyurt yassi tekisligi, Mirzacho‘l hamda Surxondaryosining quyi va Ohangaron daryosining old qismlarida, Angren yassi tekisligining yuqori tog‘ qismida uchraydi.

Har xil cho‘l va yarimcho‘llar, daryo va ko‘llar qirg‘oqlari, tog‘ yonbag‘irlari, tog‘ cho‘llarida yashaydi. Oqshom vaqti faol hayot kechirib, ba’zan kunduzi ham ov qiladi. Tekisliklarda katta qumsichqon, tog‘li hududlarda relikt yumronqoziq va qizildumli qumsichqon bilan oziqlanadi. yerlarning o‘zlashtirilishi bilan Olakuzan ham keskin kamayib ketgan. Jumladan, mamlakatimizda taxminan besh ming bosh atrofida saqlanib qolgan. Qizilqum va Zarafshon qo‘riqxonalarida muhofazaga olingan.

Mahallaga adashib «mehmon»ga kelgan g‘aroyib jonivor shu kuni Termiz hayvonot bog‘iga topshirildi, deb xabar beradi Surxondaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech