25 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,2 °C

Dolzarb
21 May  2020 192

Mehnat migratsiyasi takomillashadi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik oʻrnatish maqsadida kelishuv imzolandi.

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun ular boʻlib turgan shaharlarda oʻqishini yaʼni, rus tili va Rossiya tarixi boʻyicha tayyorlash va imtihon topshirishini tashkil etishdan iboratdir.

Agentlik va universitet oʻrtasida imzolangan yangi kelishuvga muvofiq, Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirishda ruxsatnoma olish uchun talab etiladigan rus tili va adabiyoti, Rossiya qonunchiligi va tarixi boʻyicha hamkorlikda oʻquv kurslari tashkil etiladi.

Rossiya Xalqlar doʻstligi universitetining Rossiyadagi hududiy test markazlarida kompleks imtihondan oʻtish uchun Oʻzbekiston fuqarolari tayyorlanadi.

Shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolari uchun alohida sharoitlar yaratilib, imtihondan oʻtish boʻyicha maslahatlar beriladi va imtihon jarayonlari tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlanadi.

Oʻqish istagidagi fuqarolar telegramdagi “Russkiy yazыk dlya uspeshnoy rabotы” guruhiga murojaat qilishlari mumkin, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech