03 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,5 °C

Voqea-hodisalar
10 Dekabr  2019 797

Meksikada ammiakdan zaharlanish qurbonlari soni 9 kishiga yetdi

Meksikaning Michoakan shtatidagi ammiakli sisterna bilan sodir bo‘lgan YTH natijasida ammiakdan zaharlanish qurbonlari soni beshtadan to‘qqiztagacha yetdi, yana 51 kishi turli darajada zaharlangan.

Michoakan jamoat xavfsizligi vaziri Israel Patron Reyes matbuot anjumanida: «Siglo XXI shossesida ammiakli sisternaning avtohalokatga uchrashi natijasida ammiakdan zaharlanish qurbonlari soni to‘qqiztaga yetdi», deya bayonot berdi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

Shanba kuni Michoakan va Gerrero o‘rtasidagi avtomobil yo‘lida ammiak ortilgan sisternali avtomashinaning halokatga uchrashi natijasida yo‘lovchi avtobusi ammiak buluti ichida qolgan. Besh nafar kishi hodisa joyining o‘zidayoq halok bo‘lgan. Dastlabki taxminlarga qaraganda, 30 kubometr ammiak ortilgan avtomashina nosoz bo‘lgan va bu fojiaga olib kelgan bo‘lishi mumkin.

Ammiak oqib chiqqan hudud 72 soatga to‘sib qo‘yilgan va zaharlanish xavfi sababli mingdan ziyod kishi evakuatsiya qilingan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech