03 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,8 °C

Dolzarb
28 Mart  2020 798

Meksikada neft arzonlashdi

O‘tgan juma kuni Meksikada  bir barrel neftning narxi 13,01 dollargacha tushib ketdi, deb ma’lum qildi Pemex neft korporatsiyasi o‘z saytida.

Qora oltin narxining bu qadar pastlab ketishiga koronavirus pandemiyasi tufayli global ishlab chiqarishning qisqarishi sahnida neftga bo‘lgan talabning kamayishi sabab bo‘lmoqda.

Kuni kecha Meksika va Pemex neft korporatsiyasining suveren va kredit reytingi qayta ko‘rib chiqilgani ma’lum qilingan edi. Unda reyting ko‘rsatkichi  VVV+ dan  VVV gacha tushirilgan bo‘lib, 2 yilgacha salbiy holat saqlanishi aytib o‘tilgan.

Standard & Poor’s agentligining aniqlik kiritishicha, reytingning tushib ketishiga Meksika hukumatining  COVID-19  koronavirusi tarqalishiga qarshi keskin siyosat olib bormayotgani  va mamlakatda kutilayotgan iqtisodiy tushkunlik sabab bo‘lmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech