05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,5 °C

Xalqaro hamkorlik
13 May  2020 3799

“Mehr” loyihasi qoʻllab-quvvatlaydi

Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi “Mehr” loyihasi doirasida moddiy yordam puli ajratadi.

Fuqarolarga bir martalik beriladigan pul mablagʻlari elchixonada ochilgan xayriya hisob raqamiga kelib tushgan mablagʻlar hisobidan ajratiladi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

Yordam Rossiya hududida boʻlib turgan quyidagi toifadagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi:

nogironlar – tegishli tasdiqlovchi hujjat (maʼlumotnoma) taqdim etilgan taqdirda;

qaramogʻida 2 yoshgacha farzandi boʻlgan hamda homilasi 7 oylikdan oshgan ayollar – zarur tasdiqlovchi hujjatlar (bolaning tugʻilganligi haqidagi guvohnoma, tibbiyot muassasadan maʼlumotnoma) taqdim etilgan holda;

COVID-19 virusi tasdiqlangan shaxslar – tegishli tasdiqlovchi hujjat asosida;

Rossiya oliy oʻquv yurtlari kunduzgi boʻlimlarida tahsil olayotgan talabalar – oʻqish joyidan tegishli maʼlumotnoma asosida.

Mazkur yordam Rossiyada belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda, bir martalik pul mablagʻi shaklida amalga oshiriladi.

Moliyaviy yordamni olish uchun elchixona tomonidan maxsus ishga tushirilgan oʻzbek va rus tillaridagi “mexr.rf” (https://xn--e1annt.xn--p1ai/) elektron portali orqali murojaat qilinishi kerak.

“Elchixona bankdagi xayriya hisob raqamiga pul mablagʻlari oʻtkazgan homiylar va sheriklarga minnatdorlik bildiradi. Vatandoshimiz, taniqli tadbirkor va homiy Alisher Usmonovga u koʻrsatgan keng koʻlamli yordami uchun alohida minnatdorlik izhor etadi”, deyiladi xabarda.

Ehtiyojmand fuqarolarga moliyaviy mablagʻlarni ajratish jarayonida shaffoflikni taʼminlash maqsadida elchixona har hafta oʻz rasmiy saytida hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tegishli hisobotlarni eʼlon qilib boradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech