25 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,1 °C

Tashvishli xabar
12 Mart  2020 1487

14,753 milliard so‘m ekvivalentidagi valyuta…

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida katta miqdorda xorijiy valyuta olib chiqib ketilishi oldi olindi.

DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo tumanidagi «Sirdaryo» chegara bojxona postining «Malik-avto» chegara nazorat o‘tish punkti orqali O‘zbekiston Respublikasidan Qozog‘iston Respublikasi tomon harakatlanayotgan muqaddam sudlangan Q.Abdurasulov boshqaruvidagi «Mercedes benz» rusumli avtomashina bojxona xodimlari ko‘rigidan o‘tib, chegaraning neytral hududiga yetgan vaqtida, to‘xtatib tekshirildi.

Avtomobil xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida xufyona usulda yashirilgan 1 136 000 dollar, 77 830 yevro va 21 018 670 Rossiya rubli borligi aniqlanib, protsessual tarzda rasmiylashtirilib olindi.

Mazkur xorijiy valyutalarning milliy valyutadagi ekvivalenti 14 milliard 753 million so‘mdan ziyodni tashkil etadi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan DXX Sirdaryo viloyati tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi «a» bandiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida mazkur ishga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda, deb xabar beradi UzA.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech