17 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,4 °C

Xavfsizlik
26 Iyun  2019 522

Meros talashib ukasining xotini va qizini o‘ldirdi

24-iyun kuni soat 23:00 larda fuqaro A.A. meros qolgan uyni sotishdan tushgan 97 mln. so‘m pul mablag‘ini o‘zaro taqsimlashda ukasi bilan yuzaga kelgan nizo oqibatida ukasining ayoli va qizini o‘ldirib qo‘ygan, deb xabar beradi bosh prokuratura matbuot xizmati.

Xabarda keltirilishicha, A.A. ukasining uyida o‘zaro janjallashib, qasddan o‘ldirish maqsadida o‘zi bilan olib kelgan pichoq bilan dastlab ukasining turmush o‘rtog‘i G.M. hamda uning qizlari X.A. (1987 y.t.) va G.A. (1994 y.t.)larning tanalarining turli joylariga bir necha marotaba urib, hodisa joyidan qochib yashiringan.

Olgan tan jarohatlari oqibatida G.M. va uning qizi X.A.lar hodisa joyida vafot etgan. O‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida G.A.ning hayoti saqlab qolindi.

Mazkur holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan 24.06.2019-yilda A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a», «j» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

A.A. tegishli protsessual tartibda ushlangan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech