19 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,8 °C

Bilasizmi?
21 May  2019 963

«Metrik tizim eskirdi», demoqda fiziklar

20 maydan o‘lchov tizimining (O‘T) asosiy birliklari ta'riflarining yangi tahriri amal qila boshlaydi.

Metr, amper, kelvin, kandela, soniya, mol va kilogramm - asosiy jismoniy konstantaga bog‘langan - o‘zgarmas Plank (nazariy va kvant fizikasi iborasi), boshlang‘ich elektr zaryad, oddiy elektr zaryadi – o‘zgarmas Bolsman va o‘zgarmas Avogadro (fizik o‘lchov birliklari). Kilogramm, ehtimol, eski tizimdan yangisiga o‘tish qanchalik zarurligining eng yorqin namunasidir, deya keltiradi https://rg.ru/2019/05/20/metricheskie-etaloni.html manba ma'lumotiga tayangan RG.

Etalon deb balandligi 39 millimetr, aylanasi 39 millimetrli 90 foiz platina va 10 foiz iridiumdan tayyorlangan silindr hisoblanadi. Standart Parij yaqinida saqlanadi, biroq sayyoramizning turli burchaklarida «egizak»lari ham bor. 

Olimlarning fikriga ko‘ra, etalonda atomlarning bir qismi allaqachon mavjud emas demak, aniqlik ham bo‘lmaydi. O‘tgan yili Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi konferensiyasida kichik, ammo farqlanishlar tufayli kilogramm etalonini qayta aniqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Bu ishni dastlabki kilogrammni aniqlamasdan amalga oshirish uchun 2018 noyabr oyida Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi mutaxassislari elektrohanrabo effekti kattaligi – o‘zgarmas Plankdan foydalanishga qaror qilishdi. Biroq o‘zgarmas Plank qanday raqamli ahamiyatga ega? Buni aniqlashtirish uchun ikki xil tajriba o‘tkazildi. Ulardan birining mohiyati massa og‘irligini elektrohanrabo kuchi ta'sirida muvozanatlash edi, bunda o‘lchanayotgan ob'ekt muallaq holatda bo‘ladi. Elektrohanrabo effekti, o‘z navbatida, o‘zgarmas Plankka olib keladi. AQSh Milliy standartlar va texnologiyalar institutida ham mos o‘lchovlar o‘tkazildi.

Boshqa tajribada kremniyli sfera, 28Si izotopidan foydalanildi. Berlin kristallarini yetishtirish institutida ishlab chiqarilgan sof kremniy monokristallidan 93,7 millimetr diametrlga ega mukammal yumaloq sharlar yasaldi. Kremniyning qulayligi shundaki, atomlarning yo‘qotish darajasi sur'ati unda yaxshi aniqlanadi. Shu bois olimlar kremniy etalonini yaratishga urinib ko‘rishdi va natijada 99,994 foizga toza kristall oldilar. Sharlar massasi va atomlar soni bo‘yicha 28Si ning bir atomi massasini aniqlash mumkin. Biroq atomlar olamida klassik fizika endi ishlamaydi - bu yerda kvant mexanikasi ishlaydi. Tegishli tenglamalar yordamida atomlarning massasidan va boshqa ma'lum tabiiy o‘zgarmas turlardan o‘zgarmas Plank aniqlanishi mumkin.

Shunday qilib, har ikkala tajriba ham deyarli bir xil natijalar berdi va olimlar o‘zgarmas Plankka asoslangan kilogrammni qayta aniqlash yo‘lini tanladilar.

Braunshveyg fizika va texnika instituti (Germaniya) olimi Jens Saymon shunday deydi: «Fuqarolar uchun hyech narsa o‘zgarmaydi, ular uchun 20 maydan bir kun oldin qanday bo‘lsa, hammasi shunday qolaveradi. Ilm-fan va yuqori texnologiyalar uchun bu qadam ulkan g‘alabadir. Metrologlar uchun jannatga eshiklar ochiladi».

Saymonning «jannat»iy misollaridan biri - an'anaviy atom soatlaridan 100 marta aniqroq yuradigan optik atom soatidir. Sun'iy yo‘ldoshlarda ishlatiladigan yuqori aniqlikdagi optik atom soati navigatsiya aniqligini sezilarli darajada oshirishi mumkin, deya xabar beradi Tagesspiegel.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech