21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,8 °C

Turizm
8 Yanvar  2019 2153

TIV: sayyohlar o‘z vizalarini nazorat qilishga majbur

Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentining viza muddati tugab, O‘zbekistondan keta olmay qolgan xorijlik er-xotin borasidagi axborotini e’lon qildi.

«PV» axboroti: Dam olish kunlari qator elektron OAVda elektron vizasi muddati qaytish chiptasi bron qilingan sanadan oldin tugagan xorijlik er-xotinning O‘zbekistondan chiqib keta olmay qolgani haqidagi xabarlar tarqalgandi. Viza rejimini buzgani uchun er-xotinni mehmonxonada ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortishdi va ularga endi sud qarorini aeroportda kutish xavf solayotgandi. Gap shundaki, axborot resurslarining aytishicha, uning otasi mamlakatimiz iqtisodiga katta mablag‘ investitsiya qilmoqchi bo‘lgani tufayli bu vaziyat yaxshigina shov-shuvga sabab bo‘ldi.

TIV o‘z bayonotida «e-visa» elektron vizasini rasmiylashtirish tartibi anketalar ariza beruvchining o‘zi mustaqil kiritgan ma’lumotlarga mos ravishda tizim tomonidan avtomatik ishlov berilishini nazarda tutishini ta’kidladi. Tizim shunday tuzilganki, unga uchinchi shaxs, jumladan, konsullik xodimlari ham kira olmaydi. Ya’ni ariza beruvchining o‘zi nimani kiritgan bo‘lsa tizim unga, shu bilan birga, shaxsiy ma’lumotlari va O‘zbekistonda bo‘lishi muddatlariga ham ishlov beradi.

Juftlik haqiqatan ham ushbu tizim orqali anketa jo‘natishgan va onlayn-talabnomaga uch kun muddat ichida ijobiy javob berilgan. Unda ularning O‘zbekiston hududini qachon tark etishi yoki qonunchilikka muvofiq viza muddatini uzaytirish uchun IIVning Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi (OVIR)ga murojaat qilish sanasi (4-5-yanvarda. Er-xotin talabnomani bir kun farq bilan berishgan) aniq ko‘rsatilgan.

TIV shuningdek, qabul qilingan jahon me’yorlariga muvofiq istalgan yurtga kelayotgan sayyohlar o‘z vizalarining muddatini mustaqil ravishda nazorat qilib borishga majbur ekanligini aytmoqda. Istalgan mamlakatda viza rejimini buzish ma’muriy, ba’zida, hatto, jinoiy oqibatlarga olib keladi.

Bundan tashqari, Konsullik-huquqiy departamenti ularning mamlakatimizga sayyoh sifatida tashrif buyurgani va iqtisodiyotimizga investitsiya kiritish niyatini umuman oshkor etishmaganini aniqladi.

TIV ma’lumot berishicha, sud majlisi 8-yanvarda bo‘lib o‘tadi. Uning qaroridan so‘ng xorijliklar vataniga uchib ketishi mumkin.

Darvoqe, juftlikka yordam ko‘rsatilib, mehmonxonada ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat berishdi.

O‘z axborotimiz

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech