06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,9 °C

Ijtimoiy hayot
30 Yanvar  2020 1870

Migrantlarga uy ajratish tartibi belgilandi

2020-yil 29-yanvardagi 39-sonli Hukumat qarori bilan Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga ko‘p kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Ushbu nizomga muvofiq, uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida har yili tuman-shaharlarda belgilangan tartibda ajratiladi.

Uy-joy ajratish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

-  ariza beruvchi talabgor sifatida yozma tavsiyani olish uchun talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiya raisiga doimiy yashash joyi bo‘yicha hujjatlar va so‘rovnoma-arizani taqdim etadi;

-  komissiya hujjatlarni 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi;

-  arizani ko‘rib chiqish jarayonida uy-joy sharoitini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlar sharoiti qator ijtimoiy mezonlar asosida (talabgor nomida uy-joy yo‘qligi, ijarada turishi, boshqa oila bilan bir uyda yashashi, ko‘p bolalilik va boshqalar) o‘rganiladi;

-  arizani ko‘rib chiqish va uy-joy sharoitini o‘rganish natijasida komissiya yozma tavsiya berish yoki yozma tavsiya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;

-  yozma tavsiya berilgan talabgorlar dastlabki shartnomalarni tuzish uchun injiniring kompaniyasi filialiga murojaat qiladi.

2020-yil dasturlari doirasida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun ipoteka kreditlarini ajratish bo‘yicha:

-   imtiyozli davr – 1 yil etib belgilangan;

-  kreditdan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasini qat'iy belgilangan 7 foizdan qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me'yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.

Ma’lumot uchun, Prezidentning 2019-yil 20-avgustdagi PF-5785-sonli Farmonida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020-yilda uy-joylar qurilishi bo‘yicha davlat dasturlarining ijrosi doirasida ko‘p kvartirali uylardan 3 462 ta xonadon ajratilishi belgilangan, deb xabar beradi Adliya vazirligi axborot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech