28 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,3 °C

Salomatlik
21 Fevral  2020 5971

Miya jarohatidan  keyingi hayotga qaytish

Milliy Palata tashabussi bilan  Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining neyrojarrohlik bo‘limida  ATG-01 uskuna o‘rnatilgan.

Bemorlarga serebral gipotermiya usuli  orqali  yordam berib, shu kungacha 20 nafar insonning hayotini saqlab qolish imkonini bergan mazkur innovatsion uskuna hozirgi paytda mamlakatimizda ro‘yxatdan o‘tkazilyapti. 

— Serebral gipotermiya usuli, ya’ni miyani  jahon standartlari talablari asosida sovutish  turli sabablarga ko‘ra miyasi jarohatlangan bemorlarga qo‘llaniladi, — deya izohlaydi shifokor Xurshid Dadaev. —  Bu reanimatsiyadan keyingi holat, ishemik va gemorragik insult bo‘lishi mumkin. Bunday bemorlarda miyada qon aylanishining buzilishi va miya ishemiyasining rivojlanishi, turli genezislari bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinadi. Bizning amaliyotimizda ATG-01 uskunasi miyani sovutish (gipotermiya) jarayonida kamida  48 soat to‘xtovsiz ishlatiladi.

Uskunaning qulayligi shundaki, ko‘pgina mamlakatlarda qo‘llanilayotgan amaliyotdagi kabi bemorning miyasi turli dori vositlari yordamida emas, maxsus shlem orqali sovutiladi. Bunda miya og‘ir asoratlardan saqlanadi, yuz berishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar oldi olinadi, shuningdek, nafaqat inson hayoti, balki ongi ham saqlab qolinadi.

Pnevmatik quroldan otilgan o‘qdan miyasi jarohatlanib,  bemor miyasida o‘q qolib ketgan. Natijasida miyaga juda ko‘p miqdorda qon quyilib, bemor koma holatiga tushgan. Hayotini saqlab qolish ehtimoli ham kam edi. ATG-01 yordamida uning miyasi qariyib 6 kecha-kunduz davomida to‘xtovsiz sovutilgan. Hozir bemor nafaqat hushiga kelgan, balki ongi ham tiklandi. Qayta tiklanish jarayonida. Jonlantirish bo‘limidan javob berilgan. U tushunadi, qarindoshlari bilan muloqotda bo‘layapti. Ijtimoiy ko‘nikmalari tiklandi. Hozirda bemor ahvoli yaxshilanib bormoqda. Dastlabki xulosalar yomon edi.

Yana bir misol. Ayol bemorda yurak to‘xtashi sodir bo‘lgan. U besh daqiqa ichida jonlantirilib, darhol ATG-01 uskunasiga ulangan va 72 soat davomida bemorga nisbatan gipotermiya qo‘llanilgan. Hozirda u to‘liq o‘ziga kelgan va holati yaxshi, deya xabar beradi Innovatsion sog‘liqni saqlash Milliy palatasi мatbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech