10 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27 °C

Xavfsizlik
1 Iyul  2020 499

AKT vazirligi va «Kasperskiy Laboratoriyasi» kiberxavfsizlik masalalarini muhokama qildi

Joriy yil 30-iyunda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va «Kasperskiy Laboratoriyasi» kompaniyasi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston Respublikasida kiberxavfsizlik masalalari: Strategik sessiya” mavzusida onlayn-konferensiya oʻtkazildi.

Konferensiyada vazirlik va idoralarning axborot xavfsizligi bilan ishlaydigan masʼul xodimlari, institutlar, ilmiy muassasalar, operator va provayderlarning texnik direktorlari, hamda boshqa xoʻjalik subyektlari masʼullari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida davlat sektori, sanoat obyekt va korxonalarida axborot xavfsizligiga oid dolzarb masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilarga kibertahdidlarning oldini olishga, davlat obyektlari va tizimlarida monitoring oʻtkazishga va toʻliq xavfsizlikni taʼminlashga yoʻnaltirilgan ishlanma va texnologiyalar taqdim etildi.

— Bugungi kunda Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatli rivojlanayotgan davlatlaridan biri. Oʻzbekiston Respublikasida barcha iqtisodiy tarmoqlarida olib borilayotgan raqamli islohotlar hozirda barcha davlat va ijtimoiy sohalarni rivojlantirishda oʻz ijobiy samarasini koʻrsatmoqda, – deb taʼkidladi «Kasperskiy Laboratoriyasi» kompaniyasining Markaziy Osiyo, MDH va Boltiq davlatlari boʻyicha boshqaruvchi direktori Yevgeniy Pitolin.

Tadbir yakunida ishtirokchilar kiberxavfsizlik sohasida mavjud boʻlgan ishlanmalarni hamda axborot xavfsizlik sohasida va yagona xavfsizlik ekotizimini yaratishda kadrlar salohiyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan turli oʻquv dasturlarini muhokama qildi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.

Maʼlumot uchun: «Kasperskiy Laboratoriyasi» axborot xavfsizligi sohasida 1997-yildan buyon faoliyat koʻrsatayotgan xalqaro kompaniya. «Kasperskiy Laboratoriyasi» texnologiyalari dunyo boʻyicha 400 milliondan ortiq foydalanuvchi va 250 mingdan ortiq korporativ mijozlarga xizmat koʻrsatadi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech