29 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,5 °C

Salomatlik
31 Mart  2020 681

Yana bir bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi

Bugun koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarimizdan yana biri butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Xastalikdan forig‘ bo‘lgan fuqaro shifokorlarga alohida minnatdorchilik bildirdi.

Ushbu fuqaro, avval xabar qilganimizdek, joriy yil 14-mart kuni London – Toshkent yo‘nalishidagi reys bilan poytaxtimizga kelgan. 16 mart kuni unda koronavirus kasalligi aniqlangan edi.

O‘tgan vaqt davomida u Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida to‘liq davolandi.

E’tirof etish joizki, fidoyi shifokorlarimiz tomonidan kecha-yu kunduz tibbiy nazoratga olingan holda, xalqaro stantdartdlar asosida zarur davolash muolajalari olib borilgani ushbu bemorning butkul sog‘ayishini ta'minladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda nafaqat poytaxtimizda, balki viloyatlarda ham tibbiyot xodimlari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarimiz sog‘ayib ketishlari uchun bor mahoratlarini ishga solgan holda qahramonlarcha kurashmoqda. Ayni paytgacha ushbu kasallikdan sog‘ayganlar soni 8 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech