27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,6 °C

Dolzarb
12 May  2020 469

Dunyo va koronavirus

Oq uy Donald Tramp maʼmuriyatida har kun faoliyat yurituvchi gʻarbiy qanot xodimlari doimiy ravishda niqob taqishlari toʻgʻrisida buyruq berdi.

AQSH vitse-prezidenti Mayk Pens oʻzini-oʻzi izolyatsiya qildi. Juma kuni uning matbuot kotibi koronavirusdan zararlangan edi.

Koronavirus epidemiyasining ilk toʻlqinini muvaffaqiyatli kamaytira olgan Germaniyada yaqin kunlarda oʻz-oʻzini izolyatsiyalash rejimi yengillashtirilgandan soʻng infeksiya tarqalishi surʼati yana koʻpaygani maʼlum qilingan.

Rossiya PrezidentiVladimir Putin dam olish kunlari tugagani toʻgʻrisida maʼlum qildi. 12-maydan boshlab cheklovlar rejimidan bosqichma-bosqich chiqish boshlanadi. Mamlakat boʻylab har qanday ommaviy tadbirlar hozircha taqiqlanadi va barcha qatʼiy ravishda sanitariya qoidalariga rioya qilishi lozim. Koronavirus pandemiyasi sharoitida Rossiya iqtisodiyotini qoʻllab-quvvatlash va fuqarolarga bevosita moliyaviy yordam berish boʻyicha yangi chora-tadbirlar qabul qilindi.

Buyuk Britaniya va JSST koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash boʻyicha global axborot kampaniyasini tashkil etmoqda. “Tarqatishni toʻxtatish” kampaniyasi virus haqidagi notoʻgʻri va yolgʻon axborotga qarshi kurashga yoʻnaltiriladi va BBC World telekanallari, veb-saytlari va ilovalarida uzatiladi.

Turkiya prezidenti R.Erdoʻgʻan dushanba kuni koronavirus tarqalishini oldini olishning yangi chora-tadbirlari doirasida 16-maydan boshlab Istanbul va boshqa yirik shaharlarda 4 kunlik izolyatsiya eʼlon qildi.

Indoneziya hukumati ishsizlik va ishdan boʻshashning oldini olish maqsadida COVID-19 ning ogʻir darajasi xavfi kamroq boʻlgan 45 yoshgacha boʻlgan odamlarga uydan tashqarida ishlashga ruxsat berishni rejalashtirmoqda.

AQSH ning “Johnson & Johnson” farmatsevtika kompaniyasi 2021-yilda koronavirusga qarshi milliard dozagacha vaksina ishlab chiqaradi. Kompaniya vaksinani joriy yilning oxiriga qadar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Janubiy Koreyada virus yuqtirgan shaxs bir nechta klub va barlarga borganidan soʻng 101 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi. Seulda barcha koʻngilochar muassasalar yopildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech