30 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,4 °C

Transport
12 May  2020 554

Uyga qaytish imkoniyati

Horijdagi fuqarolarimiz charter reyslar orqali yurtimizga olib kelinadigan boʻldi.

11-maydan 24-mayga qadar xorijdan vatandoshlarimizni olib kelish boʻyicha charter reyslar jadvali quyidagicha:

13-mayda Toshkent — Istanbul — Toshkent, soat 7:40;

14-mayda Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent, soat 8:35;

15-mayda Toshkent — Dehli — Toshkent, soat 12:00;

16-mayda Toshkent — Rostov-Don — Toshkent, soat 11:00;

17-mayda Toshkent — Qozon — Toshkent, soat 11:00;

18-mayda Toshkent — Moskva — Toshkent, soat 7:20;

19-mayda Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent. Soat 8:35;

20-mayda Toshkent — Moskva — Toshkent, soat 7:20;

21-mayda Toshkent — Istanbul — Toshkent, soat 7:40;

22-mayda Toshkent — London — Toshkent, soat 14:00;

23-mayda Toshkent — Novosibirsk — Toshkent, soat 13:00;

24-mayda Toshkent — Sharja — Toshkent, soat 11:00.

Amalga oshiriladigan parvozlarga diplomatik vakolatxonalar hamda konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar roʻyxatga olinadi hamda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasiga taqdim etiladi va fuqarolar ushbu roʻyxat asosida havo kemasi bortiga kiritiladi.

Roʻyxatga birinchi navbatda kasal yoki bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek, bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qoʻyiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin boʻladi.

Oʻzbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam boʻlmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech