22 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,5 °C

Sport
28 Noyabr  2019 981

MOQ prezidenti: O‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari istalgan joyga borib, xohlagancha aylanib kelishni anglatmaydi

Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida federatsiyalar va ularga biriktirilgan mas'ul tashkilotlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi MOQ matbuot xizmati.

Mazkur uchrashuvni MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov olib bordi. Ta'kidlash joiz, mazkur yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tib, ba'zi federatsiyalarning moddiy-texnik bazasi va sportchilarning shug‘ullanidigan joylari talab darajasida emasligi haqida keskin fikrlar ham bildirib o‘tildi.

Davlatimiz Tokio Olimpiadasiga olib borilayotgan tayyorgarlikni qo‘llab-quvvatlamoqda va bu borada katta mablag‘ ajratmoqda. MOQdan tortib, har bir federatsiyaga mas'ul tashkilotlar biriktirib berilgan. Lekin hamma federatsiyada ham sportchilar uchun yaxshi sharoit yaratib berilmagan, hamma ham sportchilarning oilasidan, ijtimoiy ahvolidan xabar olmayapti. O‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini moliyalashtirishda muammo bo‘lmayapti degani istalgan joyga borib, xohlagancha aylanib kelishni anglatmaydi. Davlat ajratayotgan pullarni maqsadli sarflashimiz lozim”, – dedi Rustam Shoabdurahmonov.

Uchrashuv davomida kelasi yil Olimpiadagacha bo‘lgan davr mobaynida federatsiyalarni moliyalashtirish uchun ketadigan sarf-harajatlar smetasini qayta ko‘rib chiqish va uni mukammallashtirish bo‘yicha muhokama olib borildi. Shuningdek, MOQ rahbari federatsiyalarga biriktirilgan mutasaddilarga sportchilarning mashg‘ulotlarini, sharoitlarini yanada chuqurroq o‘rganish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech