18 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,8 °C

Urbanizatsiya
26 Sentyabr  2019 2185

Endi metroda ham mobil aloqa bo‘ladi

O‘zbekistonda boshlangan “ICTWEEK 2019” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida ramziy tugmani bosish orqali metroning "Amir Temur xiyoboni" va “Mustaqillik maydoni” stansiyalarida mobil aloqani yo‘lga qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.

Aloqa hali sinov rejimida amalga oshiriladi. Ushbu loyiha tashkilotchilari ta'kidlaganidek, bu zamonaviy metrolarning tarixiy, va albatta, muhim elementidir. Ushbu loyiha poytaxtimizning turistik jozibadorligini, Toshkent shahri aholisi va mehmonlari uchun ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech