19 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,4 °C

Madaniyat
10 Oktyabr  2019 739

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob'ektlari milliy ro‘yxati tasdiqlandi

Hukumat qarori (04.10.2019 y.) bilan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob'ektlari milliy ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qarorga muvofiq, respublika bo‘yicha jami 8208 ta moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob'ektlari mavjud bo‘lib, shundan 4748 tasi arxeologiya yodgorliklari 2250 tasi arxitektura yodgorliklari, 678 tasi monumental san'at yodgorliklari, 532 tasi diqqatga sazovor joylardir.

Qaror bilan madaniyat vaziriga zarurat bo‘lganda tegishli buyruq bilan, ob'ektning nomi, davri va manziliga aniqlik kiritish (tushuntirish berish) huquqi berildi.

Shuningdek, Madaniyat vazirligi asosli zarurat paydo bo‘lganida milliy ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida Hukumatga taklif kiritib boradi.

Milliy ro‘yxatga kiritilgan ob'ektlarga tarixiy, badiiy yoki o‘zga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qo‘llanilishi mumkin emas, xususiy mulk hisoblangan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob'ektlari bundan mustasno.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech