30 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,8 °C

Dolzarb
25 Fevral  2020 1756

Tokioda Olimpiada bo‘ladi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Yaponiyaning koronavirusga qarshi olib borayotgan kurashini kerakli darajada ekanligiga ishonadi. 

Bu ayniqsa Tokioda bo‘lib o‘tadigan Yozgi olimpiya o‘yinlari oldidan ahamiyatli ekanligini ham ta'kidlaydi.  

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Yaponiya poytaxtida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan  Yozgi olimpiya o‘yinlarini koronavirus epidemiyasi tufayli to‘xtalishi yoki ko‘chirilishi rejalashtirilmaganligini ma’lum qildi.  Shuningdek, kunchiqar mamlakati hukumati ham joriy yil 24-iyuldan 9-avgustga qadar Tokioda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik reja bo‘yicha davom etayotganligini ma’lum qildilar. 

12-martda Gretsiyada minglab sportchilar ishtirokida olimpiya mash’alasi estafetasi start oladi. Gretsiyaning o‘zida bir hafta davom etadigan estafeta Yaponiyaga jo‘natiladi va 121 kun davomida Olimpiadaning ochilishi oldidan barcha 47 ta ma’muriy hududlardan o‘tadi, deya xabar beradi O‘zbekiston tennis Federatsiyasi.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi ishontirib aytadiki, u doimiy ravishda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan aolqada bo‘lib turadi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham o‘yinlarning to‘xtatilishi yoki ko‘chirilishiga asos ko‘rmayotganini ta'kidlagan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech