29 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -3,1 °C

Dolzarb
5 Iyun  2020 783

Moliyaviy yordam va immunizatsiya. 5-iyun

Turkiya iyun oyidan boshlab 40 ta davlatga aviaparvozlarni tiklashni rejalashtirmoqda, jumladan Oʻzbekiston bilan mamlakatlararo parvozlar toʻgʻrisida dastlabki kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi Daily Sabah.

RIA Novosti tarqatgan xabarga koʻra, JSST Rossiyada 24-iyun kuni oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan harbiy parad tantanasi COVID-19 epidemiyasi qaytalanishini keltirib chiqarmasligiga umid bildirgan.

Shvetsiya Bosh epidemiologi Anders Tegnell mamlakatda karantin cheklovlarini joriy qilishni rad etib, koronavirusga qarshi kurashishga notoʻgʻri yondashilganini ilk marta tan oldi, deb xabar beradi The Guardian.

Interfax axborot manbasining xabar berishicha, AQSH COVID-19 ga qarshi kurashish uchun boshqa davlatlarga 11 milliard dollar joʻnatmoqda, ushbu mablagʻning 189 million dollari sunʼiy oʻpka ventilyatsiyasini sotib olishga sarflanadi.

Avstraliyada COVID-19 ga chalingan bemorlarni davolash uchun virusga qarshi “Remdesivir” dori vositasi tavsiya etildi, deb xabar beradi News.com.au axborot manbai.

“The Lancet” ilmiy jurnali “Gidroksixloroxin” preparati COVID-19 ga chalingan bemorlar oʻlimi xavfini oshirishi mumkinligini tasdiqlovchi maqola chop etdi. Maqola sabab JSST dori vositasini koronavirusga qarshi potensial preparat sifatida klinik sinovdan oʻtkazishni toʻxtatdi, deb xabar beradi Washington Post.

Vaksina va immunizatsiya boʻyicha jahon ittifoqi (GAVI) 2025-yilgacha odamlar immunizatsiyasi (immunitetni oshirish) uchun 8,8 milliard dollar toʻpladi. Ushbu mablagʻlar dunyoning qashshoq mamlakatlaridagi 300 million bolani qizamiq, poliomelit va difteriya kabi kasalliklarga qarshi emlashga sarflanadi. 567 million dollar qashshoq mamlakatlarga COVID-19 ga qarshi vaksina sotib olish uchun yoʻnaltiriladi, deb xabar beradi Reuters.

Ushbu manbaning xabariga koʻra, Singapur koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida yaqin kunlarda fuqarolarning ijtimoiy aloqalarini kuzatish qurilmasini ishga tushiradi. Hukumat juma kuni, agar qurilma muvaffaqiyatli ish bersa butun 5,7 million aholiga tarqatilishini maʼlum qildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech