17 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,4 °C

Mamlakatimizda
25 Iyun  2019 531

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi: “O‘zbekiston havo yo‘llari” — monopoliya sub’ekti

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining anjumanlar zalida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi rahbariyati va mas'ul xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

OAV vakillari bilan muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishida reklamaning o‘rni muhimligi, u ishlab chiqaruvchi va iste'molchi o‘rtasidagi asosiy bog‘lovchi vosita ekani qayd etildi.

Qo‘mita vakillari tomonidan tayyorlangan taqdimot orqali tashqi reklama tushunchasiga sharh berib o‘tildi. Ta'kidlanishicha, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, alohida maxsus konstruksiyalarda, taxtalavhalarda, ekranlarda, binolarda, inshootlarda, yo‘l chekkalarida, ko‘cha yoritgichlarining tayanchlari va hokazolarda joylashtiriladigan reklama — tashqi reklama sanaladi.

Jurnalistlar bilan savol-javoblar vaqtida mavzu reklamadan qo‘mita vakolatidagi masalalarga ko‘chdi. Muxbirlardan biri “O‘zbekiston havo yo‘llari” monopol tashkilot ekani yoki emasligi haqidagi savolga oydinlik kiritilishini so‘radi. Qo‘mita raisi o‘rinbosari Bekzod Ummatov quyidagicha javob qaytardi:

“Biz aynan shu mavzuda maqola tayyorlab qo‘ygan edik, hozir qisqacha izoh berishga harakat qilaman, — dedi Ummatov. — Monopolist degan tushunchani aniq belgilab beradigan mezonlar bor. Agar biror koxona yoki tuzilmaning bozordagi ulushi 50 foizdan ko‘p bo‘lsa, u monopolist hisoblanadi. Bugungi kunda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining ulushi 50 foizdan ko‘p va o‘z-o‘zidan ayonki, u monopoliya sub'ekti sanaladi”.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech