30 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,5 °C

Mamlakatimizda
26 Mart  2020 903

«Moskva – Buxoro» aviareysida 249 nafar vatandoshimiz Buxoroga olib kelindi

25-martda Rossiya Federatsiyasidan Buxoroga vatandoshlarimiz olib kelindi.

Koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha viloyat shtabining ma'lum qilishicha, 25-mart kuni kechga yaqin Rossiya Federatsiyasidan 604-sonli reys bilan «Moskva – Buxoro» yo‘nalishida uchib kelgan aviareys Buxoro xalqaro aeroportida qabul qilindi.

Samolyot bortida bo‘lgan 249 nafar vatandoshlarimiz karantin tartib-qoidalari asosida kutib olindi. Olib kelinganlarning 213 nafari erkak, 36 nafari ayol. Ular orasida voyaga yetmaganlar esa 31 nafarni, 60 yoshdan oshganlar esa 7 nafarni tashkil etmoqda.

Fuqarolarning 10 nafarida ko‘ngil aynishi va o‘zlarini holsiz sezish holatlari kuzatilganligi bois zudlik bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Qolgan yo‘lovchilarning har biriga nisbatan tibbiy-profilaktik nuqtai nazaridan qattiq nazorat o‘rnatilib karantinga olingan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech